Internetdan maqsadsiz foydalanish zerikishning oldini olishi ma’lum bo‘ldi
Isroilning Xayfa va AQShning Janubiy Florida universitetlari olimlari yangi tadqiqot davomida internetda sayr qilish xodimlarning ish layoqati va natijadorligiga ta’sir etmasligini aniqladi. Bu haqida “Indikator” portali xabar berdi.
Ilgari internet-serfing hamkasblar bilan me’yoridan ortiq gap sotish, ish joyida o‘g‘irlik qilish, atayin kechga qolish va boshqa shu kabi illatlar qatorida tilga olinib, xodimlarning ish samaradorligiga salbiy ta’sir o‘tkazadi deb hisoblab kelinardi. Biroq universitetlarning 500ga yaqin xodimi ishtirok etgan yangi izlanishlardan ayon bo‘ldiki, internetdan maqsadsiz foydalanish ish vaqtini behuda ketkazishning boshqa variantlaridan farq qilib, aksincha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat majburiyatlarini bajarishda ijobiy effekt ko‘rsatar ekan.
Internetni shaxsiy maqsadlarda ishlatish odamlarni chalg‘itmaydi, balki ularga ish davomida yetarli darajada yuklanish yo‘qligi sabab kelib chiqadigan zerikish bilan kurashishga yordam beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring