Internet orqali biznes qilish niqobi ostida faoliyat yuritgan korxona aniqlandi

16:49 26 Mart 2022 Jamiyat
1263 0

Foto: Illustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. va boshqalar “L-N.S.» xususiy korxonasini tashkil etishib, fuqarolarni internet tarmogʻi orqali biznes qilishga oʻrgatish niqobi ostida faoliyat yuritishib, ularga vaʼda qilingan mahsulotlarni yetkazib bermasdan yoki chet elga turistik sayohatlarni tashkil etmasdan jami 110 nafar fuqaroning 29 148 AQSH dollari va 349,1 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 188-1-moddasi (pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер