“Inter” 2 ta golga 6 ta gol bilan javob qaytardi
Kecha, 23-yanvar kuni Italiya A seriyasining 22-tur oʻyinlari boshlandi. Turni ochib bergan oʻyinda “Inter” klubi oʻz maydonida “Piza”ni qabul qildi.
Uchrashuv kutilmagan start bilan boshlandi. Dastlab, 11-daqiqada Yan Zommerning xatosidan soʻng, Stefano Moreo hisobni ochdi. 23-daqiqada burchak toʻpidan soʻng, Moreoning oʻzi hisobni 0:2 koʻrinishiga keltirdi.
Oʻyin boy berilayotganini koʻrgan “Inter” murabbiyi Kristian Kivu 34-daqiqaning oʻzidayoq Luis Enrikenni Federiko Dimarkoga almashtirdi.
39-daqiqada “Piza” darvozasiga penalti belgilandi. 11 metrlik jarima toʻpini Pyotr Zelinskiy aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi.
41-daqiqada esa zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Dimarkoning mohirona uzatmasidan keyin Lautaro Martines hisobni tenglashtirdi.
Birinchi boʻlimga hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarning ikkinchisi oʻtib borayotganida Franchesko Espozito hisobni 3:2 koʻrinishiga keltirdi.
Birinchi boʻlimdagi muvaffaqiyatidan ilhomlangan “Inter” jamoasi ikkinchi boʻlimda ham 3 ta gol urishni uddaladi. Gollarga Federiko Dimarko, Geynrix Mxitaryan, Yoan Bonni mualliflik qildi.
Shu tariqa, “Inter” bu mavsum birinchi marotaba bitta oʻyinda 6 ta gol kiritishni uddaladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring