Intellektual mulk sohasida yangi koʻkrak nishoni taʼsis qilinadi
“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, koʻkrak nishoni bilan mamlakatda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini taʼminlashga va aholida intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Nishon bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Taqdirlashga oid takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari tomonidan har yili 1-yanvardan 1-martga qadar Adliya vazirligiga taqdim etilishi lozim.
Qayd etilishicha, Markaziy bankning “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Adliya vazirligining buyurtmasiga asosan koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda taʼminlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring