Intellektual mulk himoyasi boshqarmasi va markazlari tashkil etildi

11:22 29 Yanvar 2021 Hujjatlar
1698 0

“Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Agentlik tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi:

Intellektual mulk himoyasi boshqarmasi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Intellektual mulk himoyasi markazlari.

Boshqarma markazlar faoliyatiga tashkiliy va metodik jihatdan rahbarlik qiladi.

Markazlar hududiy adliya boshqarmalari binolarida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Markazlar, jumladan:

kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning muomalasiga, shuningdek, intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi tizimli va samarali kurashishda bevosita ishtirok etadi, xususan, ogohlantiruv va taqdimnomalar kiritadi, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalarni tuzadi;

joylarda intellektual mulk obyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi bilan bogʻliq faoliyatga koʻmaklashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер