Inson va davlat oʻrtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar bartaraf etiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalarini soʻzsiz va toʻliq amalga oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham qizgʻin muhokama qilindi.
Qonun loyihasi bilan “Normativ huquqiy-hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8- va 18-moddalariga quyidagilarni nazarda tutuvchi normalar kiritilmoqda:
- Inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishini doimiy taʼminlab borish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga egaligi, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishiga oid normalarni amaldagi qonunchilikka kiritish.
Qonun tashabbuskorlarining taʼkidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi inson va davlat oʻrtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etilishi hamda jamiyatda qonunlarga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Qizgʻin bahs-munozara va savol-javoblardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring