Inson qadri va xalq roziligi yoʻlida
Joriy yilning oʻtgan davrida Fargʻona viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasiga viloyat aholisidan 73 ming 148 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 69 ming 115 tasi koʻrib chiqilgan. Shundan 36 ming 490 tasi yoki 52,7 foizi ijobiy hal qilingan, 30 ming 970 dan ziyod yoki 44,8 foiz masalaga huquqiy maʼlumot va tushuntirish berish orqali yechim topilgan boʻlsa, yana bir qism murojaatlar uzoq muddatli nazoratga olingan.
Deylik, Rishtonning
Bagʻdodlik 23 yoshli tadbirkor
Bu yil yosh tadbirkor faoliyatini kengaytirish uchun bankdan kredit olmoqchi boʻldiyu, ishi hadeganda bitavermadi. Oʻsha kunlarda davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhi Fargʻona viloyatida ommaviy qabullar oʻtkazdiyu, bu masala qabulning oʻzida koʻrib chiqilib, hal qilindi. Tadbirkorga yaqinda 350 mln. soʻm kredit berildi. Bu mablagʻ evaziga xorijdan tokarlik stanogi, payvandlash dastgohlari xarid qilindi. Ayni kunlarda yangi uskunalar mamlakatimizga olib kelinmoqda. Bu bilan qishloqdagi yana 12 nafar inson doimiy ishli boʻladi.
Qadimdan tadbirkorlari bilan mashhur Qoʻqon shahrida ham tadbirkorlar murojaatlarini hal qilishga alohida eʼtibor qaratilayotgani aholi bandligini taʼminlash, ishlab chiqarish koʻlamini oshirish borasida yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Aytaylik, shaharning “Ashurali Zohiriy” mahallasi oʻramida uzoq vaqtdan beri boʻsh turgan yerlar mahallaning10 nafar tadbirkoriga ajratib berildi. Ular orasida Munavvar Ashurov ham bor. Bunga qadar xonadonida trikotaj mahsulotlari tayyorlab, yillar davomida bu ishning hadisini olgan tadbirkor yigit hozircha mahallasidagi 20 nafar xotin-qizni ishli-joyli qildi.
Munavvar Ashurov endi qoʻshimcha yer maydoni olib, yangi oilaviy korxona binosini barpo etdi. Qurilish ishlari yakunlanish arafasida. “Yakka tartibdagi tadbirkor” maqomi “oilaviy korxona”ga oʻzgartirilishi bilan 600 mln. soʻm kredit olinib, korxona jihozlanadi, ish boshlaydi. Bu bilan 20 ta ish oʻrni uch barobarga oshadi.
Murojaatlar asosida nainki tadbirkorlik, balki yoʻl, suv, elektr energiyasi kabi odamlar turmushidagi eng birlamchi masalalarga oid murojaatlar ham joyiga chiqib oʻrganilib, muammolar aholi va sektorlar bilan
Bu yil mahalliy dastur asosida 6 mlrd. soʻm evaziga hududni toʻliq ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun ikki bosqichda ish boshlandi. Birinchi bosqichda Damariq qishlogʻidagi 400 ta xonadonga obi-hayot olib kelish uchun 6 km. ichimlik suvi tarmogʻi tortish, 1 ta ichimlik suv qudugʻi qazish, 300
Quvasoy shahrining “Qalʼacha” mahallasi aholisi murojaatlari asosida hududdagi 14 ta xonadonni ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi ham kun tartibida turgan edi. Bu boʻyicha ham taklif tayyorlab berilgach, mahalliy dastur asosida ajratilgan 76 mln. Soʻm evaziga 1,4 km tarmoq tortilib, 14 xonadonga obi-hayot kirib bordi. Oʻrganishlar asosida hududdagi eskirgan simyogʻochlar beton ustunlarga almashtirilib, 450 metr elektr tarmogʻi tortilib, elektr taʼminotidagi masala ham ijobiy hal etildi.
Davlatimiz rahbarining “Ijtimoiy davlat” gʻoyasi, har bir ehtiyojmand insonni hech qanday istisnosiz ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tizimi murojaatlar bilan ishlash natijalarida ham aks etmoqda. Bu borada birgina misol – qoʻqonlik Ilhomjon Turdiyev hikoyasi yetti jondan iborat oila taqdiriga tutash. Ilhomjon aka ikki yil avval rafiqasini soʻnggi yoʻlga kuzatdi. Ikki farzandida nogironlik bor, bir qizi turmushidan ajrab, ikki farzandi bilan ota uyiga qaytgan. Boz ustiga nevaralardan biri ham tugʻma nogiron. Yana bir oʻgʻli30 yoshga qarab ketyaptiki, uni uylash, oilali qilishga uy-joy muammo boʻlib turgan edi. Sababi yetti jon 3 xonali kvartiraga tiqilib yashardi. Ayni masaladagi murojaat joyiga chiqib oʻrganilgach, ularga ijtimoiy uy ajratildi. Oila boshligʻi ikki qizi va ikki nevarasi bilan yangi xonadonga koʻchib oʻtdi.
Oʻrni kelganda, aytish kerakki, yaqinda Qoʻqonning “Temir Malik” koʻchasida qurib foydalanishga topshirilgan koʻpqavatli uyning birinchi qavatidagi 8 ta xonadon nogironligi bor shaxslarga ajratib berildi.
Qoʻqonlik ikki farzandning otasi Ulugʻbek Yoʻldoshev 16 yoshda yurak xastaligiga uchragan, nogironlik nafaqasi hisobiga kun kechirmoqda. Yurak jarrohligini oʻtkazishga esa, tabiiyki, imkon qilolmadi.Ayni shunday ogʻir pallada davlatimiz unga yordam qoʻlini choʻzdi. Murojaati asosida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan 40 mln. soʻm ajratilgach, murakkab yurak jarrohligi amaliyoti oʻtkazildi. Endi Ulugʻbek kundan-kun sogʻayib bormoqda.
Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz! Murojaatlar asosida muammolarni hal qilish borasidagi Prezident Xalq qabulxonalarining barcha amaliy saʼy-harakatlari shu ezgu gʻoya ijobatiga xizmat qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring