INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Traktor zavodi va UMPT oʻrtasida memorandum imzolandi

18:02 13 Mart 2024 Iqtisodiyot
713 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Joriy yilning 13-mart kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparkida ilgʻor muhandislik maktabini tashkil etish, maktabgacha va maktab hamda oliy taʼlim muassasalari, olimlar va oddiy aholi orasidan innovatorlarni kashf qilish, talabalar, universitet olimlari hamda zavod bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar huzuridagi INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki, Toshkent Traktor zavodi (Agro tech claster) va UMPT (UzautoMotors Powetrain) korxonasi oʻrtasida memorandum imzolandi.

INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki Oʻzbekiston Respublikasidagi eng yirik texnoparklardan bir hisoblanib, 2022-yil yanvar oyida ishga tushirilgan. Ushbu texnopark – yoshlar, olimlar hamda tadbirkorlik subyektlarining oʻz loyihalarini va gʻoyalarini amalga oshirish va rivojlantirish uchun barcha sharoitlarga ega, zamon talablariga javob beruvchi, eng soʻnggi rusumda jihozlangan oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki hisoblanadi.

Tadbir qatnashchilari texnopark hududidagi zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari, innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan kovorking zonasi va robototexnika va elektronika, biotexnologiya, standartlashtirish va metrologiya laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi va kelgusidagi loyihalar belgilab olindi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер