Indoneziyada roʻy bergan dahshatli zilzila oqibatida 34 kishi halok boʻldi
Bugun Indoneziyaning Sulavesi orolida 6,3 balli zilzila roʻy berdi. Oqibatda 34 kishi hayotdan koʻz yumdi, 600ga yaqin inson jabrlandi. Bu haqda CNN xabar qildi.
Tabiiy ofat epimarkazi Majen shahridan shimoli-sharq tarafga 6 km. uzoqlikda qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, ushbu davlatda payshanba kuni ham yer qimirlagandi.
Mamlakat favqulodda vaziyatlar agentligining maʼlum qilishicha, ketma-ket zilzilalar natijasida hududlarda kamida uchta tuproq koʻchishi sodir boʻlgan, elektr taʼminoti uzilib qolgan. Koʻpriklarga zarar yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring