Imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

12:58 20 Noyabr 2023 Jamiyat
296 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorligida tumandagi bir nechta aholining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Jizzax koʻmir ombori masʼul shaxslari 1 556 tonna koʻmirni boshqa shaxslarga sotib, goʻyoki 765 tonna koʻmir 160 ta xonadonga imtiyozli narxda sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlar rasmiylashtirganliklari aniqlangan.

Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Forish koʻmir ombori masʼul shaxslari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, kuz-qish mavsum uchun goʻyoki 410 ta xonadonga imtiyozli narxda koʻmir sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, jami 1 041 tonna koʻmirni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Fargʻona tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Quvasoy koʻmir ombori mudiri E.U. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, imtiyozli narxlarda aholiga sotish uchun ajratilgan 1 284 tonna koʻmirni boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер