Imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.A. va boshqalar tadbirkor S.Ya.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki hududiy tijorat bankida ishlovchi tanishlari yordamida 5 mlrd soʻm imtiyozli kredit olib berishi evaziga 22 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring