Immunolog tibbiy niqoblarning koronavirusga qarshi samaradorligini baholadi
Foto: РИА «Новости»
Tibbiy niqoblar grippga chalinishni 3 baravarga, koronavirus yuqtirish xavfini 2-2,5 baravarga kamaytiradi. Ushbu fikrlarni rossiyalik immunolog Nikolay Kryuchkov aytib oʻtdi.
Uning taʼkidlashicha, niqob har uch soatda almashtirilib turilishi kerak. «Omikron» shtammining tarqalishda tibbiy niqoblarning samaradorligi pasaygan. Chunki virus havodagi chang orqali orqali ham yuqishi mumkin. Koronavirusning mayda zarralari niqob matosidan oʻtishi mumkin. Bu asosan yoʻtal va aksirish orqali sodir boʻladi.
“Respiratorlar bu borada yanada samarali boʻlishi mumkin lekin ularning aksariyati nafas chiqarishda havoni filtrlamaydi. U yaxshi himoya qiladi, infeksiya bilan zararlangan odam boshqalarga yuqtirishi mumkin”, deydi mutaxassis.
Uning soʻzlariga koʻra, koʻp qatlamli mato niqoblar kasallik bilan zararlanish boʻlish xavfini kamaytiradi. Faqat bunda toʻgʻri foydalanishga eʼtibor qaratish zarur.
“Shuningdek, boshqa sanitariya qoidalariga rioya qilish — ijtimoiy masofani saqlang, odam koʻp boʻladigan vaqtlarda jamoat transportidan foydalanmang va koronavirusga qarshi emlaning”, deydi Kryuchkov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring