Ilon Mask va Mark Sukerberg qafasda jang qilishga kelishib olishdi

13:27 24 Iyun 2023 Dunyo
875 0

Xabarlarda yozilishicha, dunyoning ikki eng mashhur texnologiya milliarderlari Ilon Mask va Mark Sukerberg anʼanaviy aralash yakkakurashlar qafasida bir-birlari bilan toʻqnash kelishga kelishib oldilar.
Unga koʻra, Mask tvitterdagi sahifasida Sukerberg bilan “qafasdagi jangga tayyor”ligini yozgan.

Bunga javoban Feysbuk va Instagramning bosh kompaniyasi “Meta” rahbari Sukerberg Maskning tviti skrinshotini joylashtirgan: “Qayerda uchrashamiz, menga xabar bering”. Mask Sukerbergning savoliga shunday javob bergan: “Vegasdagi sakkizburchak (oktagon).”
Sakkizburchak - bu janglar “UFC” (Ultimate Fighting Championship) tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan maxsus panjarali arenaning nomi. U Nevada shtatining Las-Vegas shahrida joylashgan.

“Mening zaxiramda morj deb ataydigan ajoyib harakatim bor: men shunchaki raqibimning tepasida yotib, hech narsa qilmayman” deb yozgan Ilon Mask tvitterda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер