Ilon Mask “Twitter Inc”ni sotib oldi
Illyustrativ foto
“Twitter Inc.” tadbirkor Ilon Mask kompaniyani har bir aksiya uchun 54,20 dollar toʻlaganini va umumiy qiymati 44 milliard dollarga yaqin shartnoma imzolanganini eʼlon qildi.
Kelishuv yakunlangach, “Twitter” xususiy kompaniyaga aylanadi, deyiladi ijtimoiy tarmoq bayonotida.
Shu tariqa “Twitter” Ilon Mask tomonidan sotib olinishi haqidagi gap-soʻzlar oʻz isbotini topdi.
Ushbu xarid haqida Mask: Soʻz erkinligi — amaldagi demokratiyaning asosi. “Twitter” esa raqamli maydoni boʻlib, unda insoniyat kelajagi uchun muhim masalalar muhokama qilinadi. Men uni har qachongidan ham yaxshiroq qilishni xohlayman.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring