Ilon Mask inson miyasiga chip joylashtirmoqchi. Chip yordamida xotiralarni ham boshqa tanaga oʻtkazish mumkin

14:36 03 Fevral 2021 Dunyo
1754 0

Texnik milliarder Ilon Mask oʻzining “Neuralink” kompaniyasi tomonida ishlab chiqarilgan odamlar va mashinalarni ulash uchun moʻljallangan qurilmasini shu yil oxiriga qadar inson miyasida sinab koʻrishi mumkinligini eʼlon qildi.

U ilgari ushbu qurilmaning cheksiz quvvatga egaligini va hatto odamlarning sunʼiy intellekt bilan raqobatlashishiga imkon berishi mumkinligini daʼvo qilgandi.

Qayd etilishicha, ushbu chip yordamida ruhiy kasalliklarga qarshi kurashish, giyohvandlik, depressiya va shunga oʻxshash kasalliklarni oson yengish mumkin.

“Neuralink”  chipi allaqachon maymun miyasiga joylashtirilgan.

Natijada, bosh suyagiga simsiz implantatsiya qilingan maymun video oʻyinlar oʻynay boshladi.

Chipning yana bir imkoniyati shundaki, u yordamida xotiralaringizni yozib olib boshqa tana yoki robot tanasiga qayta yuklab olish mumkin.

Maskning soʻzlariga koʻra, hali kelajakda insonlarni bundanda gʻaroyibroq kashfiyotlar kutmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер