Ilk bor tugʻma miya churrasi anomaliyasi xastaligiga chalingan bemorda murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ilk bor tugʻma miya churrasi anomaliyasi xastaligiga chalingan bemorda murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.
Bir necha yillardan buyon ushbu kasallikdan aziyat chekib kelgan 35 yoshli bemor mazkur operatsiyadan soʻng ogʻir darddan butunlay xalos boʻldi.
Taʼkidlash lozimki, tugʻma miya churrasi anomaliyasi har yuz ming odamdan birida uchraydigan noyob kasallik boʻlib, uning toʻrtta turi mavjud. Xastalikning ilk darajasida bemor odatiy muolajalar orqali davolansa boʻladi, ammo uning keyingi bosqichlarida faqat murakkab jarrohlik amaliyotiga murojaat qilinadi.
Bu boradagi ishlarni rivojlantirish boʻyicha yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring