Ilk bor Tel-Aviv — Samarqand yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri charter reysi amalga oshirildi
Foto: “Dunyo” AA
Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi havo qatnovlari tarixida ilk bor Tel-Aviv — Samarqand yoʻnalishi boʻyicha charter reys ochildi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, qatnov “Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bortida 150 nafar yoʻlovchi boʻlgan layner Tel-Aviv vaqti bilan soat 10:10 da (Toshkent vaqti bilan 12:10) havoga koʻtariladi va Samarqandga mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da yetib keladi.
Aviakompaniya oʻz faoliyatini 1998 yilda boshlagan. Oʻtgan yillar davomida aviakompaniya izchil rivojlanib bordi va yuzlab muvaffaqiyatli yoʻlovchi va yuk tashuvlarini amalga oshirdi. Bugungi kunda “Qanot Sharq” aviakompaniyasi nafaqat ichki, balki xalqaro reyslarni ham amalga oshiruvchi toʻrtta samolyot ega.
Parvozning ochilish marosimida Oʻzbekistonning Isroildagi elchisi Feruza Mahmudova, shuningdek, Isroil rasmiy, jamoat va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
2018 yilning fevral oyidan boshlab Oʻzbekiston Isroil fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejimni joriy qilingan. 2022 yil davomida mamlakatimizga 12 mingga yaqin isroillik sayyoh kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring