Ilk bor Oʻzbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida GESlar qurilishi boshlandi

16:07 20 Iyul 2023 Iqtisodiyot
1306 0

Elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalardan foydalanish, bu borada mavjud suv salohiyatidan samarali foydalanish borasida kichik va oʻrta quvvatdagi GESlarni ishga tushirish sohadagi izlanishlarning muhim yechimidir.

Yangi GESlarni ishga tushirishda davlat xususiy sherikchilik tamoyili asosida qurilishi esa, investorlarga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohatlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan “Oʻzbekgidroenergo” AJ buyurtmachi sifatida tashabbusni oʻz zimmasiga oladi. Ushbu loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishida boshchilik qiladi hamda ularning nazoratini olib boradi.

Bu borada “Oʻzbekgidroenergo” AJ Oʻzbekistonda birinchi bor davlat xususiy sherikchilik asosida umumiy quvvati 46,6 MVt, yillik oʻrtacha ishlab chiqarishi 179 million kVt/soat va umumiy qiymati 106,9 million dollar boʻlgan 5 ta “Qizildaryo”, “Suvlisoy”, “Dukentsoy”, “Koʻksuv” va “Quyi Koʻksuv GES” loyihalari yagona lot sifatida investorlar (xususiy sherik) jalb qilish maqsadida malaka soʻrovi tenderiga (RFQ) qoʻyilishini maʼlum qiladi.

DXSH asosida qurilishi rejalashtirilgan GESlarga Jahon banki tomonidan “Institutsional salohiyatni oshirish” grant mablagʻlari hisobidan xorijiy yuqori tajribaga ega maslahatchilar yoʻllandi.

Xususan, “Synergy Infrastructure and Financial Advisory Services Inc” moliyaviy maslahatchi, “Dolsar Engineering” texnik maslahatchi va “UNICASE” yuridik maslahatchi sifatida tender asosida tanlab olindi hamda ushbu kompaniyalar bilan shartnoma imzolandi. Mazkur kompaniyalar loyiha hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha ish olib boradi.

Tenderlar yagona lot orqali amalga oshirilishi natijasida, loyihalarni amalga oshirilishini soddalashtirib, jarayonlarini optimallashtiradi hamda samaradorligi va shaffofligini taʼminlashda muhim omil hisoblanadi.

Loyihalarning uzoq muddatli moliyaviy barqarorligi va hayotiyligini taʼminlashda, tabiiy resurslaridan toʻliq foydalangan holda eng yuqori muhandislik standartlari asosida ishlab chiqilishida, qurilish jarayonlarining barcha jihatlarini huquqiy tartibga solishda xorijiy kompaniyalarning tajribasidan foydalanish esa, investorlarning faoliyatini kafolatlashga xizmat qiladi.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ buyurtmachi sifatida mazkur loyihalarni ishga tushirilishida barcha manfaatdor mahalliy va horijiy investorlarni tender savdolariga faol ishtirok etishga taklif etadi. Tender savdolari joriy yilning avgust oyida lotga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Jarayonlar xususida jamiyatning rasmiy sahifalari orqali toʻliq maʼlumot berib boriladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер