Ikkita OTMga rahbar tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, Qahramon Madaminovich Ibadullayev Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali ijrochi direktori etib tayinlandi.
Nozimjon Soliyevich Toʻychiboyev Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti rektori etib tayinlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring