Ikki yoshli bemor buyragidagi toshlar lazerli endourologik operatsiya orqali olib tashlandi
Qashqadaryo viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida ikki yoshli bemorda lazerli endourologik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.
“Siydik-tosh kasalligi. Oʻng buyrak toshlari. Gidronefroz oʻngda. II daraja” tashxisi bilan muassasaning urologiya boʻlimiga keltirilgan Doniyorjonning oʻng buyragida 2 ta tosh borligi tasdiqlandi.
Jarrohlar ingichka naycha orqali bolaning buyragidagi toshlarni lazerda maydalab, chiqarib olishdi.
Amaliyot kam invaziv usulda bajarilgani tufayli Doniyorjonga 3 kunda uyiga ruxsat berilishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring