Ikki viloyatda 11 nafar bemor sogʻaydi

19:58 03 May 2020 Jamiyat
1017 0

Shu soatlarda bir yoʻla ikki viloyatda: Andijonda 8 nafar va Fargʻonada 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shunday qilib, bugunning oʻzida 48 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1319 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2136 nafarni tashkil qilib, sogʻaygan va vafot etganlardan tashqari, jami 807 nafar bemor davolanmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер