Ikki poyezd toʻqnashib ketdi, jabrlanganlar bor
Misrda ikki yoʻlovchi poyezdi toʻqnashib ketdi. Hodisa Qohiradan 250 km uzoqlikda sodir boʻlgan. Natijada bir nechta vagonlar temir yoʻl yaqinida joylashgan kanalga qulab tushgan.
Hodisa oqibatida kamida 20 kishi jabrlandi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumot berdi.
Voqea joyiga 23 ta tez yordam mashinasi yetib kelgan. Voqea natijasida vafot etganlar haqida axborot mavjud emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring