Ikki hududda sifatsiz tamaki va alkogol mahsulotlari savdosining oldi olindi

20:14 10 Mart 2026 Jamiyat
517 0

Qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarini muomalaga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahri boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda “X.S.” MCHJ masʼul shaxslari “Ashxobod” MFY hududidagi savdo doʻkonida qalbaki aksiz markali 1 184 dona alkogol va 290 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Unga koʻra, “J.D.” MCHJ masʼul shaxslari Gʻijduvon tumanidagi savdo doʻkonida umumiy bahosi 51,6 mln soʻmlik 1 201 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер