Ikki hududda oʻqishni koʻchirib berish bilan bogʻliq firibgarlik fosh etildi

16:24 07 Avgust 2025 Jamiyat
434 0

Fuqaroning oʻqishini Qirgʻizistondan Oʻzbekistondagi OTMga koʻchirib berishini aytgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Departamentning Paxtaobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar O.X. (muqaddam sudlangan) va T.K. fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, uning turmush oʻrtogʻining oʻqishini qoʻshni Qirgʻiziston davlat universitetidan Andijon davlat universitetiga koʻchirib berishi evaziga 2,5 ming dollar va 9,6 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan. Shuningdek, ushbu pullar hisobidan 700 dollarini qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Kasbi tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro N.Gʻ. fuqaro Q.J.ga goʻyoki qoʻshni Qozogʻiston Respublikasi oliygohida 2-kursni tamomlagani haqida hujjatlar rasmiylashtirib berib, uni Qarshi shahridagi xususiy oliygohlardan biriga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytib, evaziga ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер