Ikki buyuk siymoga ehtirom
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan “Ikki buyuk siymoga ehtirom” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda ikki buyuk shaxsning hayoti hamda ijodiy merosining bugungi kunda tutgan oʻrni haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, gʻazallarini eng chiroyli ijro etgan talabalar Malayziyada taʼlim olish uchun yuborilishi eʼlon qilindi.

Shuningdek, tadbirda iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shoirlar gʻazallaridan namunalar aytildi. Bu tadbir ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Iqbol PARDAYEVA.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring