Ixtiro uchun patent qanday olinadi?
Foto: Illustrativ foto
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma topshirish tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
— patent olish uchun talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning vorislari tomonidan Agentlikka taqdim etiladi;
— patent olish uchun talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali berilishi mumkin.
Ixtiroga talabnoma quyidagilardan iborat boʻladi:
— ixtiro muallifi (hammualliflari) yoki patent olish soʻralayotgan shaxs nomi, shuningdek, ularning turar joylari yoki manzillari koʻrsatilgan holda yozilgan patent berish toʻgʻrisidagi ariza;
— ixtiro mohiyatini toʻliq ochib beruvchi, uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan bayoni;
— ixtironing mohiyatini ifodalovchi va bayoniga toʻliq mos tushuvchi formulasi;
— agar ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizma va boshqa materiallar;
— ixtiro referati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring