Ichki ishlar tizimida muhim tayinlovlar ro‘y berdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati tizimidagi rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:
general-mayor Bahodir Yuldashevich Mirzaraximov - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni;
polkovnik Shokirjon Abdumalikovich Xudoynazarov - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondonning birinchi o‘rinbosari-shtab boshlig‘i;
podpolkovnik Shuhrat Xikmatullayevich Rafikov - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-birinchi bo‘lim boshlig‘i;
podpolkovnik Xidiraliyev Vali Kamildjanovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring