IHTning turizm yoʻnalishi boʻyicha raisligi Oʻzbekistonga berildi
Xiva shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning turizm vazirlari yigʻilishida xalqaro tadbirni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari hamda mamlakatda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar alohida eʼtirof etildi.
Yuqori darajadagi ekspertlar guruhi yigʻilishida rasmiylar tomonidan Tashkilotda turizm yoʻnalishi boʻyicha raislik Ozarbayjondan Oʻzbekistonga oʻtganligi eʼlon qilindi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston raisligi doirasida Tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida turizm hamkorligini, jumladan, yashil va barqaror turizm, smart turizm, turizm logistikasi va boshqa qator yoʻnalishlarda samarali loyihalar va tashabbuslar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring