“ICTWEEK 2022” doirasida IT-direktorlar sammiti boʻlib oʻtdi
26-oktyabr kuni Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida IT-direktorlar sammiti – CIO sammit boʻlib oʻtdi.
Keng maʼnoda, CIO sammiti vazifasi – jarayonlarni tashkil etishdan tortib, IT xizmatlari byudjetini rejalashtirish, xodimlarni boshqarish va boʻlimlar faoliyatini tahlil qilishdan iborat.
CIO sammiti IT yetakchilari bilan bogʻliq muhim mavzularni oʻz ichiga oldi. Jumladan, “CIO nimadan iborat?”, “Biznes IT-direktordan nima bilan shugʻullanadi?”, “Oʻzbekistonda IT-biznesni boshlash”, “IT-taʼlim” va boshqalar. Ushbu mavzular boʻyicha tajribali mutaxassislar va maʼruzachilar tomonidan davra suhbatida dolzarb masalalar, muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.
Sammit doirasida IT-direktorlari tomonidan AKT sohasiga oid koʻplab gʻoya va muammolarni muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring