Ichki ishlar vazirligi xodimi oʻldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan
Foto: Arxiv surat
2022-yil 29-sentyabr kuni Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodim oʻzaro kelishmovchilik natijasida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan oʻldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Oʻtkazilgan qidiruv harakatlari davomida jabrlanuvchining murdasi daryodan topilgan.
Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring