Ichan - Qalʼa hududidan gumbazsimon gulbadav topildi
Ichan - Qalʼa davlat qoʻriqxonasi koʻchalaridagi oqava suv quvurlari oʻtkazilayotgan paytda, XX asr boshida, 1905-yilda qurilgan Matpanaboy madrasasining shimoliy - sharqiy qismida shu davr uchun moʻljallangan oqava suvlar ketadigan gumbazsimon gulbadav topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Madrasa hujralaridagi adan (toʻshshi)dan chiqqan suvlar hovlidagi markaziy adanga borib tushgan, navbati bilan sopol quvurlar yordamida koʻchadagi gulbadavga borib quyilgan.
Yana bir qiziqarli jihati, oqava suvlarni chiqarib yuborishning qadimgi tizimi bilan hozirgi zamon suv tizimining oʻrni ancha yillardan soʻng bir yerda ekanligi maʼlum boʻldi.
Ushbu joy oynavand qilinib, ikkala tizim bir-biriga qiyoslanib koʻrsatish rejalashtirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring