Ibrohim Abdurahmonov Buxoro davlat universitetida boʻldi

21:24 21 Yanvar 2021 Jamiyat
1403 0

Joriy yilning 21-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi. Vazir dastavval Buxoro davlat universitetida ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

Universitetda Buxoro viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda iqtidorli yoshlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Vazir oʻz oʻrnida vazirlik faoliyati haqida maʼlumot berar ekan takliflar uchun vazirlik doimo ochiqligini maʼlum qildi. I.Abdurahmonov har bir savol va taklifga atroflicha toʻxtalib, oʻz fikr va mulohazalarini bayon qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” qaroriga binoan oʻz doktorlik dissertatsiyasini muddatidan oldin himoya qilgan universitet tayanch doktorantlari (PhD) D.B.Ahmedova va X.I.Eshonqulovlar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, p.f.d., professor Sh.R. Barotov rahbarligidagi bajarilishi 2021-2022-yillarga moʻljallangan innovatsion loyiha va f.f.d., professor M.K.Abuzalova rahbarligidagi bajarilishi 2021-2023-yillarga moʻljallangan amaliy loyiha tanlovda gʻolib deb tan olinganligi qayd etilib, vazirlik tomonidan grant ajratilganligi maʼlum qilindi. Ularga Innovatsion rivojlanish vazirligining maxsus sertifikatlari topshirildi.

Shuningdek I.Abdurahmonov universitet huzurida faoliyat koʻrsatayotgan Biznes akselerator faoliyati bilan tanishdi. Mazkur biznes-akselerator “Yoshlar kelajagimiz” jamgʻarmasining 150 mln soʻm, BuxDUning 108 mln soʻm mablagʻlari evaziga tashkil etilgan. Biznes-akseleratorda bir vaqtning oʻzida 40 nafar tinglovchini tadbirkorlikka oʻqitish mumkin.

Vazir oʻz oʻrnida Biznes-akselerator faoliyatiga oid oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi. Xususan, Biznes-akseleratorda mini-texnologiyalar ishlab chiqarish jarayoni yoʻlga qoʻyiishi maqsadga muvofiq boʻlishi taʼkidlab oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер