Hujjatlari boʻlmagan qariyb 773 mln. tovarlar fosh etildi

15:10 14 Sentyabr 2023 Jamiyat
235 0

Tovar moddiy boyliklarini noqonuniy yoʻllar bilan mamlakatimizga olib kirishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvidagi kirib kelgan “Volvo FMFH” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona yuk deklaratsiyasi va yoʻl yuk-kuzatuv hujjatlari asosida bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, hujjatlarda koʻrsatilmagan qiymati salkam 773 mln. boʻlgan jami 121 xil nomdagi turli xil “kiyim-kechak”, “avtoulov ehtiyot” qismlari va boshqa tovar- moddiy boyliklari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер