Husni Muborak 92 yoshida vafot etdi
Misr Arab respublikasi sobiq prezidenti Husni Muborak 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Al-Yaum as-Sobia” internet portali xabar tarqatdi.
Manbaga koʻra, Muborak bugun, seshanba kuni Misr poytaxti Qohirada vafot etgan. Hozircha bu borada rasmiy xabar berilmagan.
Muborak bir oy muqaddam sogʻligʻi yomonlashgani uchun shifoxonaga yotqizilgandi. Uning ichak qismida jarrohlik amaliyoti ham oʻtkazligan va bu haqda oʻgʻli tvitterda yozib qoldirgandi.
Maʼlumot uchun, Husni Muborak 1981-yildan 2011-yilga qadar Misrga rahbarlik qilib kelgan. 2011-yildagi arab bahori harakatlari vaqtida prezidentlik lavozimidan isteʼfoga berishga majbur boʻlgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring