Husayn Norchayev faoliyatini vodiyda davom ettiradi
Foto: OʻFA
Husayn Norchayev faoliyatini Navbahor jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klubning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.
“Mahoratli hujumchi Husayn Norchayev faoliyatini jamoamizda davom ettiradi. Yangi mavsumda Husayn “lochinlar” safida kuchli oʻyinlari, gollari va jasorati bilan muxlislarga quvonch bagʻishlashiga ishonamiz”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Norchayev faoliyati davomida Nasaf klubidan tashqari Fargʻonaning Neftchi hamda Vladikavkazning Alaniya jamoalarida ham toʻp surgan.
U 2021-yildan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring