Huquqini bilgan hamyonidan ayrilmaydi

02:03 19 Fevral 2019 Jamiyat
1431 0

Illyustrativ foto

Yaqinda Andijon shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro X. Shakirova yozma shikoyat arizasi bilan murojaat etgan edi.

Fuqaro oʻz arizasida Amir Temur koʻchasida joylashgan “Domo” maishiy texnikalar doʻkonidan 4 million 200 ming soʻmga xarid qilgan elektroplita sifatsiz ekanligini bildirgan va uni almashtirishda yordam berishlarini soʻragan.

Jamiyat mutaxassislari fuqaroning arizasi boʻyicha oʻrganish ishlarini olib borishganida, isteʼmolchining shikoyatida keltirilgan faktlar oʻz tasdigʻini topdi. Savdo doʻkoni sotuvchisi bilan amaldagi qonunlarga binoan tegishli tushuntirish ishlari oʻtkazilib, X. Shakirovaga sotilgan sifatsiz elektroplita sifatlisiga almashtirib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер