Huquqiy eksperimentni oʻtkazish jarayoni tartibga solinadi
“Huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Qonun loyihasida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
— Huquqiy eksperiment oʻtkazish bilan bogʻliq ijtimoiy-huquqiy munosabatlar kompleks tarzda tartibga solinadi;
— Huquqiy eksperiment oʻtkazish shartlari va davomiylik muddati hamda eksperiment oʻtkazish mumkin boʻlmagan sohalar belgilanadi;
— Huquqiy eksperimentni oʻtkazish, uning natijalarni baholash va rasmiylashtirish tartibga solinadi;
— Huquqiy eksperiment tartib-taomillarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
Shuningdek, huquqiy eksperiment lavozimga tayinlash va ozod etishga, davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini qisqartirish yoki tugatishga, amnistiya va afv etishga, inson huquq va erkinliklarini cheklaydigan, bekor qiladigan yoki ularning ahvolini ogʻirlashtiradigan holatlarga nisbatan qoʻllanilmasligi belgilanmoqda.
Huquqiy eksperiment qonunchilik hujjati yoki uning normasi samaradorligini alohida olingan hudud va (yoki) shaxslar doirasida maʼlum vaqt oraligʻida sinovdan oʻtkazish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring