Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksining 2022-yildagi reytingi eʼlon qilindi
Foto: Illustrativ foto
Mazkur indeks (Government Artificial Intelligence Readiness Index) 2017-yildan buyon Buyuk Britaniyaning “Oxford Insights” konsalting kompaniyasi va Kanadaning Xalqaro tadqiqotlarni rivojlantirish instituti tomonidan har yili eʼlon qilib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi indeksning 2022-yilgi hisobotida 44,51 ball bilan 181 ta mamlakat ichida 79-oʻrinni egallab, oʻtgan yilga nisbatan 14 pogʻona yuqorilagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son qaroriga koʻra, “Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government Artificial Intelligence Readiness Index) respublika pozitsiyasini yaxshilash choralarini koʻrish” vazifasi Innovatsion rivojlanish vazirliga yuklatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring