Hududlarda "Yosh qutqaruvchi" musobaqasi o‘tkazilmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari FVB tomonidan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining shahar, tuman bosqichlari o‘tkazildi.
Tashkil etilgan musobaqa ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, unda jamoalar 5 ta shart bo‘yicha bellashishdi. Jarayonda soha xodimlari tomonidan yosh qutqaruvchilarga nazariy va amaliy tushunchalar berildi.
Yakunda g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring