20 mingdan ortiq yoshlar IT bilan mustaqil shugʻullanib, xalqaro onlayn platformalar orqali yaratgan mahsulotini chetga sotayapti

16:01 20 Dekabr 2023 Siyosat
427 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Bu yil IT sohasi eksporti Toshkent viloyatida – 100 mingdan 4,4 million dollarga, Samarqandda – 700 mingdan 3,2 millionga, Andijonda – 60 ming dollardan 2,8 million dollarga oshib, yuqori surʼatlarda oʻsdi. Surxondaryo ham ilk bor IT xizmatlari eksportini yoʻlga qoʻyib, 1 million dollardan oshirdi. Bu haqda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Lekin, eksport Qoraqalpogʻiston, Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryoda 500 ming dollarga ham yetmaydi.

Hududlarda 20 mingdan ortiq yoshlar IT bilan mustaqil shugʻullanib, xalqaro onlayn platformalar orqali yaratgan mahsulotini chetga sotyapti.

Masalan, fargʻonalik yosh dasturchi Brayl alifbosini tarjima qiladigan dastur yaratib, AQSH, Meksika va Braziliyaga 150 ming dollarga sotgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер