Hokimlar malakasi oshirilmoqda

19:21 04 May 2023 Jamiyat
702 0

Foto: «Xalq so‘zi»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yilning 10 fevral kuni Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Baxmal, Zomin, Yangiobod, Forish, Gʻallaorol tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar dasturini va amalga oshiriladigan investisiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash, shu tumanlar hokimlarini sohalar rivojidan kelib chiqib malakasini oshirish, bunda mamlakatimizning eng iqtidorli olimlari, tadbirkorlari, tumanlarni iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq soha mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘qitish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. 

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida beshta tuman hokimlari va ularning moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari bugundan boshlab poytaxtda o‘z malakalarini oshirishni boshladi.

- Dastlabki kunda tumanimizni barqaror va jadal rivojlantirishning yangi omillari, shunga mos ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ko‘tarish tendensiyalari, tabiiy xom ashyo resurslaridan foydalanish va ularga tadbirkorlarni jalb qilishi sohalarini o‘rganishni boshladik, - deydi Baxmal tumani hokimi Musa Anorboyev. – “INNO” innovasion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida ham bo‘lib ta’lim, fan va ishlab chiqarishni uyg‘unlashuvi asosida yaratilgan mahsulotlar, ishlanmalar, IT dasturlar bilan tanishdik. Tumanimiz yoshlariga yangi ish o‘rinlari yaratishda shu sohani rivojlantirishni maqsad qilib qo‘ydik.

Tuman hokimlari keyingi kunlardagi malaka oshirish jarayonlarida davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohatlarni yanada jadallashtirish, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, turizm va boshqa shu kabi sohalarni rivojlantirish bo‘yicha ham bilimlari oshiriladi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер