Hokim qarori hamisha qonuniymi?

10:30 06 Fevral 2021 Jamiyat
950 0

Biz odatda hokimlar soʻnggi qarorni qabul qilishiga oʻrganib qolganmiz. Ular shunga xos ravishda hamisha haqqoniy qaror qabul qilmoqdalarmi? Andijon viloyat sudida boʻlib oʻtgan Matbuot anjumanida maʼlum qilinishicha, 2020-yilda hokimlarning 216 ta qarorlarini haqiqiy emas, deb topish bilan bogʻliq ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar koʻrib chiqilgan. Ularning 99 tasi qanoatlantirilgan, 95 tasi rad etilgan, 10 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 12 tasi esa koʻrmasdan qoldirilgan.

— Sud sohasida shaffoflikni taʼminlash maqsadida aksariyat sud majlislari voqea sodir etilgan hududning oʻzida boʻlib oʻtmoqda, —deydi viloyat sudining raisi Talatbek Meliboyev. — 2020-yilda jami koʻrib chiqilgan sud ishlarining 36 foizi Sayyor sud shaklida boʻlib oʻtdi. Bu fuqarolarning huquqiy bilimini shakllantirib, ular orasida jinoyatning oldini olishga ham xizmat qildi.

Anjumanda, shuningdek, sud jarayonida ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarning ishtiroki qay tartibda amalga oshirilishi va qanday hollarda taʼqiqlanishi haqida ham fikr yuritildi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер