H&M butun dunyo boʻylab 250 ta doʻkonini yopadi

11:17 03 Oktyabr 2020 Dunyo
986 0

Shvetsiyaning dunyoga mashhur H&M kompaniyasi 2021-yilda dunyo boʻylab 250 ta doʻkonini yopadi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Savdolarning pasayib ketgani buning asosiy sababidir. Brend pullarni bekorga yoʻqotmoqda. Buning oʻrniga mablagʻlar endi sotuvchilarning ish haqlariga emas, raqamli texnologiyalarga yoʻnaltiriladi.

Qayd etilishicha, pandemiyaning birinchi toʻlqinidan soʻng savdolar asta-sekin tiklanayotgan boʻlsa-da, umumiy koʻrsatkich oʻtgan yildagiga nisbatan 5 foiz kamdir. Kiyim-kechaklr savdosi giganti boʻlgan H&M jahon boʻylab 5 mingga yaqin doʻkoniga ega. Ularning 166 tasi koronavirus tufayli hamon yopiq. Shu bois endi shved kompaniyasi asosiy urgʻuni onlayn savdoga qaratmoqchi.

«Muammolar qolgan boʻlsa ham, eng yomoni ortda qoldi. Bizda inqirozdan chiqish va yana-da kuchli boʻlish uchun barcha imkoniyatlar mavjud», — dedi uning bosh direktori Xelena Xelmersson.

Zara, Pull&Bear va Massimo Dutti brendlariga egalik qiladigan Ispaniyaning Inditex kompaniyasi ham shu yoʻldan borib, butun dunyo boʻyicha mingdan ortiq doʻkonlarini yopmoqda. Buning oʻrniga onlayn-savdo texnologiyalariga qariyb uch mlrd. dollar investitsiya kiritdi.

Boston Consulting Group hisobotiga koʻra, Covid-19 pandemiyasi oqibatida xalqaro moda(fashion) bozorida savdo hajmi 25 foiz tushib ketdi. Bu 340 mlrd. yevro zarar koʻrilishiga olib keladi.

Boz ustiga, dunyoda modaga nisbatan talabning pasayishi normal holga aylandi va oʻrta muddatli istiqbolda bu borada inqirozdan oldingi koʻrsatkichga erishish amrimahol.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер