Hisoblagichlarni qiyoslovdan oʻtkazish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish 1-sentabrgacha uzaytirildi
Illyustrativ foto
Davlat xizmatlari agentligi shu boʻyicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Unda aytilishicha, Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining navbatdagi bayoni qabul qilingan.
Maʼlum qilinishicha, karantin sharoitida aholiga qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan tabiiy gaz, elektr energiyasi, sovuq va issiq suvni hisobga olish priborlarini davlat qiyoslovidan oʻtkazish boʻyicha kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish muddatlari 2020-yil 1-sentabrga qadar uzaytirildi.
Bundan tashqari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarining tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik va issiq suvdan boʻlgan qarzdorliklar uchun sudga berish va taʼminot tarmoqlaridan uzish vaqtincha toʻxtatilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring