Yoʻllarni normal holda ushlab turish uchun yiliga kamida 15 trillion soʻm mablagʻ kerak boʻladi

18:58 12 Sentyabr 2023 Siyosat
608 0

Hisob-kitoblarga koʻra, yoʻllarni normal holda ushlab turish uchun yiliga kamida 15 trillion soʻm mablagʻ kerak boʻladi.

“Bir narsani tushunib olish zarur. Hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham yoʻllarni qurish yoki taʼmirlash toʻliq davlat hisobidan amalga oshirilmaydi. Shuning uchun biz ham bu ishlarga xususiy sheriklarni faol jalb qilishimiz shart”, - dedi Prezident.

Misol uchun, Yevropa Ittifoqida yoʻl xoʻjaligi sohasida xususiy sheriklik asosida soʻnggi 10 yilda 120 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilgan. Bizda esa bu boradagi ishlar sustligi koʻrsatib oʻtildi.

Yoʻl sohasidagi xususiy sheriklik loyihalarida investorlarga qoʻyiladigan shartlar va davlatning majburiyatlarini aniq belgilash zarurligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер