Hindistonning chegara shtatiga Myanmadan 15000 dan ortiq odam boshpana izlab kelgan
Hindistonda boshpana izlab Myanmadan kelganlar soni 15 ming nafardan oshgan. Hindiston hukumati rasmiysiga koʻra, bu davlat toʻntarishidan keyin Myanma boshlangan qarama qarshiliklar bilan bogʻliq.
Myanma chegarada joylashgan Hindistonning Mizoram shtatiga muhojirlarni kirib kelishi fevral oyining oxirida boshlangan.
Mizoram Davlat rejalashtirish kengashi raisining oʻrinbosari X. Rammavining soʻzlariga koʻra, aprelga qadar Myanmadan taxminan 1800 kishi chegarani kesib oʻtgan, ammo ularning soni 15 400 dan oshib ketgan.
“Bu kundan-kunga koʻpayib bormoqda”, deydi Rammavi.
Uning aytishicha, aholi va nodavlat tashkilotlar ularga gʻamxoʻrlik qilmoqda, ammo shtat hukumati federal hokimiyatdan yordam soʻragan.
“Tibbiy yordam va ularning ratsioni juda muhimdir”, deydi u Myanmadan kelganlarning ayrimlarida koronavirus borligini qoʻshimcha qilib.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring