Hindistonliklar yana ikki hafta karantinda qoladi
Juma kuni Hindiston hukumati mamlakatda karantin choralari 4-maydan boshlab yana ikki hafta davomida amal qilishi, ammo epidemiologik vaziyat nisbatan yaxshiroq boʻlgan hududlarda ayrim choralar bekor qilinishi aytilgan.
Hindiston hududlari uch toifaga ajratilgan: qizil (infeksiya tarqalishi xavfi yuqori darajada saqlanib qolgan), yashil (21 kun davomida yangi kasallar aniqlanmagan) va apelsinrang (vaziyat aniq boʻlmagan).
Garchi ayrim cheklovlar butun mamlakat uchun amalda boʻlsa-da, “yashil hudud”larda ayrim yumshatishlar koʻzga tashlanmoqda. Hind nashrlarining yozishicha, mamlakatdagi yirik shaharlar, jumladan, Dehli va Mumbay “qizil hudud”ligicha qolmoqda.
Hindiston hukumati davlat va xususiy korxonalar xodimlariga oʻz smartfonlarida koronavirusga chalinganlar bilan aloqani kuzatib boruvchi ilova oʻrnatishini majburiy qilib qoʻygan.
Kim koronavirus yuqtirganlar bilan aloqada boʻlgani haqida xabardor qilib turuvchi Bridge to Healthcare (“Sogʻliqni saqlash uchun koʻprik”) ilovasi 50 milliondan ortiq kishi tomonidan koʻchirib olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring