Andijonda DXMning yangi binosi

17:02 05 Fevral 2019 Iqtisodiyot
3916 0

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Andijonda“Yuksak qurilish savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 7 qavatdan iborat mahobatli bino qurilishi boshlab yuborildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Tuman (shahar) lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida qurilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash doirasida boshlangan bu loyiha foydalanishga topshirilgach, uning birinchi qavatida Davlat xizmatlari markazi faoliyat boshlaydi. Qolgan 6 qavatida esa zamonaviy mehmonxonalar joylashadi. 3000 metr kvadrat maydonga ega bu bino oʻzining sharoitlari bilan minglab fuqarolarga xizmat qilibgina qolmasdan, betakror arxitekturasi bilan shahar koʻrkiga fayz kiritishi kutilmoqda.

Andijon, Oltinkoʻl, Boʻz, Buloqboshi, Marhamat tumanlarida ham davlat xizmatlari markazlari uchun ana shunday binolar qurilishi davom etmoqda va ular shu yilning birinchi choragida foydalanishga topshiriladi. Bu kabi xayrli tashabbuslar, eng avvalo, fuqarolar manfaatiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Rustamjon ESHONOV olgan surat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер