Hindistonda SHHTga aʼzo davlatlar badiiy va televizion filmlari festivali boʻlib oʻtadi
2023-yilning 27-31-yanvar kunlari Hindistonning Mumbay shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga aʼzo davlatlar badiiy va televizion filmlari festivali boʻlib oʻtadi.
Oʻzbek kinoijodkorlaridan iborat delegatsiya ham ushbu kinofestivalda ishtirok etyapti.
Hilol Nasimovning “Meros” hamda Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati” filmlari kinofestivalning konkurs dasturida gʻoliblik uchun raqobatlashadi.
Shuningdek Akrom Shohnazarovning “101 reys” hamda Yolqin Toʻychiyevning “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmlari konkursdan tashqari hind kinomuxlislari hamda festival mehmonlari eʼtiboriga havola etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring