Hindistonda koronavirusga chalinganlar dunyo miqyosida kasallanganlarning 53 foizini tashkil etadi

13:06 17 May 2021 Dunyo
651 0

Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Botir Qurbonov maʼlum qildi:

— Dunyo miqyosida ushbu kasallik 219 dan ortiq mamlakatda qayd etilgan boʻlib, bugungi kungacha kasallanganlar 163 mln 724 mingdan oshdi; 3 mln 393 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Kasallanish koʻrsatkichlariga koʻra birinchi oʻrinni Hindiston davlati egallaydi, kunlik koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 281 860 nafarni tashkil etadi. Bu koʻrsatkich dunyo boʻyicha kasallanganlarning 53 foizini tashkil etdi. Hindistonda hozirgacha kasallanganlar qariyb 25 millionga yetdi.

Keyingi oʻrinda Braziliya davlatida murakkab epidemiologik vaziyat saqlanib qolmoqda. Kunlik kasallanish koʻrsatkichi 36 863 holatni tashkil etib, jami kasallanganlar - 15 mln 627 ming kishi.

Keyingi oʻrinda AQSH: kasallanganlar 33 mln 715 mingdan ortiq. Fransiya va Turkiya davlatlarida ham epidemiologik vaziyat ogʻirligicha saqlanib qolmoqda.

Rossiya davlati murakkab epidemiologik vaziyatdan barqaror vaziyatga oʻtdi. Umumiy kasallanganlar soni 4 mln 940 mingdan ortiq; kunlik 8554 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер